Moliyaviy qaramlik — bu qandaydir yomon, zararli va hayot tarziga salbiy ta’sir qiladigan narsadek. Aslida ham shundaymi? Qachon qaramlik ijobiy hayot tarziga xalaqit beradi, qachon aksincha, qiyin vaziyatlarda yordam beradi. Misollar orqali tushuntiramiz.
Xaridlar bilan chalg‘ish
Ko‘pincha bu haqiqiy muammolardan qochish, qisqa muddatli xursandchilik uchun so‘nggi pulni ham sarflash deya tushuniladi. Lekin har doim ham bunday emas.
«Ta’til vaqtida charm kurtka ko‘rib qoldim. Yonimda pulim qolmagan edi. Allaqochan mustaqilman qizman, shu kurtkasiz ham yashayveraman-ku, deb o‘yladim. Ta’tilning so‘nggi kunlarida ham kurtka xayolimdan ketavermadi. Do‘konga qaytib bordim va AVO kredit kartasi bilan uni sotib oldim. Birdan kayfiyatim ko‘tarildi, ta’tildan qaytgach, hamkasblarimga maqtanish uchun sabab bor. Psixolog bilan suhbatdan so‘ng bildimki, tasodifiy xaridlar moliyaviy qiyinchilikka olib bormaydi, aksincha, ichki energiyani to‘plash va ishtiyoq hissini berar ekan. AVOdan olingan pulni esa ish haqimdan muammosiz qaytardim».
Kichik to‘lovlar
«Dota»dagi sevimli qahramoningiz uchun yangi tashqi ko‘rinish istaysizmi? Yoki «Gardenscapes»da keyingi bosqichga o‘ta olmayapsizmi? Bu kabilarning barchasi oz-ozdan to‘lov qilishga majbur qiladi, natijada esa siz o‘yin uchun ko‘p pul sarflab qo‘yasiz. Bunga qo‘shimcha tarzda esa aybdorlik hissi ham paydo bo‘ladi.
«To‘rt yildan beri Genshin o‘yinini o‘ynayman: bu o‘yinda sevimli qahramoningizni shunchaki sotib olish mumkin. Boshida qandaydir 2D anime qahramonga pul sarflayotganimdan uyalib ketdim. Keyin yaxshilab o‘ylab ko‘rsam, oyiga oddiy kompyuter o‘yiniga anchagina pul sarflayotgan ekanman. Lekin bu mashg‘ulot menga yoqadi va o‘zimni erkin his qilish uchun yana o‘yinga qaytaman. Bu men dam oladigan kundalik mashg‘ulotim. Umuman olganda, hammasi me’yorida»
Ota-onalar byudjeti
O‘zim eplay olmayman degan ichki qo‘rquv va ota-ona yordam bergandagi aybdorlik hissi... Yoki aksincha, ota-onangizga siz yordam berishingiz uchun imkoniyatingiz yo‘qmi?
«Ishlayman, xotinim va farzandim bo‘lishiga qaramay, ota-onam katta xaridlarda bizga yordam berishlari unchalik ham yoqmas edi. Qanday bunaqa bo‘lishi mumkin: kap-katta odamman, alohida yashayman... yordam so‘rash esa uyat. Buni oldini olish uchun moliyaviy yechimlardan ko‘proq foydalana boshladim: masalan, AVO platinum kredit kartasidan. Ota-onam bilan ham jiddiy gaplashib oldim. Aytishlaricha, ular uchun bunday yordam farzandiga mehr ko‘rsatish vositasi ekan. Necha yoshda bo‘lishidan qat’i nazar, ular uchun baribir farzand bo‘lib qolaverar ekanman. Shundan so‘ng o‘zimni ayblashni bas qildim».
Moliyaviy qaramlik turli ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin va bu har doim ham yomon narsa emas. Asosiysi — o‘rtasini topish. Qo‘llab-quvvatlashlardan esa samarali foydalanishni o‘rganish kerak. Shunda ular qiyin paytlarda harakatdan to‘xtamaslik uchun yordam berishi mumkin.