Maxfiylik siyosati
Hujjat nima haqida?
“AVO bank” AJ maxfiylik siyosatida (keyinchalik matnda – “Siyosat”) quyidagi ma’lumotlar aks ettirilgan:
- biz (keyinchalik matnda – “biz”, “bizni” va boshqalar “AVO bank” Ajga nisbatan qo‘llaniladi) “AVO RBS” mobil ilovasi (keyinchalik matnda – “Ilova”) va www.avo.uz sayti foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlaymiz;
- biz foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarining konfidensialligi va xavfsizligini ta’minlaymiz;
- Saytdan foydalanganda ma’lumotlarni qayta ishlaymiz
Shaxsiy ma’lumotlarni kim va qanday qayta ishlaydi?
Shaxsiy ma’lumotlar bazasi operatori “AVO bank” AJ hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi, STIR: 207257279, ro‘yxat raqami 16/1.
Biz shaxsiy ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq qayta ishlaymiz.
Biz bilan qanday bog‘lanish mumkin?
Elektron pochta orqali: [email protected]
Telefon orqali: +998 (78) 888–7887
Pochta orqali: 100212, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, A. Temur ko‘chasi, 79a uy
Shaxsiy ma’lumotlar subektining qanday huquqlari mavjud?
Siz 02.07.2019 yildagi O‘RQ-547-sonli O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq huquqlarga egasiz va ularni bizga murojaat qilish orqali amalga oshirishingiz mumkin.
Biz qanday shaxsiy ma’lumotlarni yig‘amiz?
Shaxsiy ma’lumotlarning to‘liq ro‘yxati, maqsadlari va ularni qayta ishlashning huquqiy asoslari bilan Siyosatning 1-sonli Ilovasida tanishishingiz mumkin.
Biz shaxsiy ma’lumotlarni qanday yig‘amiz?
Biz shaxsiy ma’lumotlarni quyidagi usullar bilan yig‘amiz::
- Siz orqali. SizIlova shaklini to‘ldirish yoki biz bilan pochta, telefon, elektron pochta yoki boshqa usul bilan bog‘lanish orqali o‘z ma’lumotlaringizni taqdim etishingiz mumkin.
- От третьих лиц и из общедоступных источников.
Kredit tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Kredit ,a’lumotlari tahliliy markazi” MCHJ va “CRIF” Kredit byurosi MCHJ kredit byurolaridan olamiz
Agar siz shaxsiy ma’lumotlaringizni taqdim etmasangiz
Agar qonunga yoki Siz bilan tuzgan shartnomaga muvofiq bizga Sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz zarur bo‘lsa, ularni taqdim qilishdan bosh tortgan taqdiringizda shartnomani tuzish va/yoki uni lozim darajada bajara olmasligimiz mumkin. Bunday taqdirda biz Sizga shartnomani bekor qilish to‘g‘risida xabar beramiz.
Marketing tadbirlarida ishtirok etishdan bosh tortish
Siz bizga xabar yuborish orqali istalgan paytda marketing xabarlarini jo‘natilishini to‘xtatishni talab qilishingiz mumkin.
Agar zaruriy ma’lumotlarni qayta ishlashga qonuniy manfaatimiz mavjud bo‘lsa, marketing xabarlaridan bosh tortish shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga ta’sir qilmaydi.
Shaxsiy ma’lumotlarni kimga uzatamiz?
“AVO” kompaniyalar guruhi doirasida
Biz Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘z xodimlarimiz va bizning affillangan shaxsimiz “AVO SERVICES AND TECHNOLOGY” MCHJga (O‘zbekiston Respublikasi, STIR: 309440142) uzatimiz mumkin.
Uchinchi shaxslarga
Biz Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni quyidagi uchinchi shaxslarga ochishimiz mumkin:
- ma’lumotlar bazasi yetkazib beruvchilariga;
- banklarga;
- axborot texnologiyalari sohasidagi xizmatlar yetkazib beruvchilariga;
- sug‘urta tashkilotlariga;
- professional konsultantlarga, konsultativ, yuridik, buxgalteriya va boshqa xizmatlarni taqdim etuvchi yuristlar, auditorlar va boshqalarga ham;
- professional xizmatlar, shuningdek biznes-jarayonlar autsorsingini aqdim etuvchi kompaniyalarga;
- qonunchilik talablariga muvofiq Bank ma’lumot taqdim qilishi shart bo‘lgan davlat boshqaruv tashkilotlariga;
- kuryer xizmatlariga;
- chat-botlarga;
- tahlil xizmatlariga;
- notarial tashkilotlariga.
Biz barcha uchinchishaxslarshaxsiy ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlashini talab qilamiz. Uchinchishaxslar Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni mazkur maxfiylik siyosatida ko‘rsatilgan maqsadlar bilan bog‘liq bo‘lmagan o‘z maqsadlarida foydalanishga haqli emaslar.
Uchinchi shaxslar ro‘yxati shu manzilda ko‘rsatilgan https://docs.avo.uz/AVO_bank_partners_uz.pdf.
Ma’lumotlar saqlanishi
Biz Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni, ularni yig‘gan maqsadlarimizga erishish uchun zarur bo‘lgan davr mobaynida qayta ishlaymiz, shuningdek qonunchilik talablariga rioya qilish va ularni amalga oshirish maqsadlari uchun ham qayta ishlaymiz.
Ba’zi holatlarda biz Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni tadqiqot yoki statistika maqsadlarida egasizlantirishi mumkin. Bu holatda biz ushbu ma’lumotlardan cheklanmagan vaqt davomida qo‘shimcha ogohlantirishsiz foydalanishimiz mumkin.
Saytdan foydalanish paytida ma’lumotlarni qayta ishlash
Saytning ishchi holatini yaxshilash va ta’minlash maqsadida, shuningdek bizning mahsulotlarimiz va xizmatlarimizni mukammallashtirish, mahsulotlarimiz va xizmatlarimiz bo‘yicha maqsadli ma’lumotlarni taqdim etish uchun Sizning afzalliklaringizni aniqlash maqsadida Cookiesdan foydalanamiz.
Cookies nima?
Сookies — bu veb-sayt Sizning kompyuteringiz, planshet, mobil uskuna yoki Siz veb-saytga tashrif buyurganingizda foydalanadigan boshqa uskunangizda foydalanilayotgan brauzerdan so‘raydigan ma’lumotlardir. Cookies Sizning veb-saytdagi harakatlaringiz to‘g‘risida ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, shuningdek Sizning uskunangiz, sessiya vaqti va sanasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham o‘z ichiga olishi mumkin. Сookies Sizning kompyuteringiz, planshet, mobil uskuna va boshqa qurilmalaringizda saqlanadi. Istalgan paytda brauzer sozlamalarida saqlangan Cookiesni o‘chirishingiz mumkin.
Biz qanday Cookiesdan foydalanamiz?
Biz quyidagi Cookiesdan foydalanamiz:
Session
Siz veb-sayt sahifasida bo‘lgan vaqtingizda faqat vaqtinchalik xotirada mavjud bo‘ladi. Brauzerlar odatda ularni Siz veb-sayt oynasini yopganingizda o‘chiradilar. Session Cookies veb-saytga ma’lumotni qayta kiritmaslik uchun saytning oldingi sahifasida tanlanganlaringiz haqidagi ma’lumotlarni eslab qolish imkonini beradi.
Biz bu ma’lumotlarni Siz brauzerdan chiqmasingizdan oldin ishlatamiz.
Doimiy
Sizning kompyuteringizda saqlanadigan va brauzer yopilishi bilan o‘chirilmaydigan Cookies. Ular foydalanuvchining ma’lum bir veb-sayt uchun afzalliklarini saqlab qolishi mumkin, bu esa ushbu afzalliklardan kelajakdagi ko‘rish seanslarida foydalanishga imkon beradi.
Bunday Cookies sizni veb-saytning noyob foydalanuvchisi sifatida aniqlash imkonini beradi va veb-saytga qaytganingizda, ular Siz haqingizdagi ma’lumotlarni va ilgari qilgan harakatlaringizni eslab qolishga yordam beradi.
Analitik/marketing
Siz Veb-saytdan qanday foydalanishingiz haqidagi ma’lumotni o‘z ichiga oladi. Masalan, qanday sahifalarga tashrif buyurasiz, qanday havolalar orqali o‘tasiz. Bunday Cookiesning asosiy maqsadi – veb-saytning funksionalligi va ishini yaxshilash. Foydalanuvchilik tajribangizni yaxshilash uchun Sizga yaqin bo‘lgan takliflarni ko‘rsatish imkonini beradi.
Biz bu ma’lumotlardan mahsulotlarimiz va xizmatlarimizni yaxshilash uchun foydalanamiz.
Majburiy
Veb-sayt to‘g‘ri ishlashi uchun zarur bo‘lgan minimal Cookies to‘plami.
Cookiesga ishlov berish usullari
Biz olingan ma’lumotlarga, shu jumladan Yandex.Metrica, AppsFlyer, Facebook va Google pixel kabi metrik dasturlar va tahliliy tizimlardan foydalangan holda ishlov beramiz.
Сookies fayllarini boshqarish
Cookiesga ishlov berish haqida bildirishnoma oynasidagi «Qabul qilish» tugmasini bosish orqali Siz Cookiesga ishlov berishga rozilik bildirasiz.
Veb-saytimizda Cookiesdan foydalanishdan voz kechish.
Siz brauzer sozlamalari orqali Cookiesga ishlov berishdan voz kechishingiz mumkin. Bunday holda, bizning saytimiz faqat majburiy Cookieslarga ishlov beradi.
Sizning qurilmangizdan Cookies fayllarini o‘chirish
Brauzer tarixini tozalash orqali qurilmangizda mavjud bo‘lgan barcha Cookiesni o‘chirishingiz mumkin
Cookies fayllarini bloklash
Brauzeringizni qurilmangizga Cookies joylashtirilmasligi uchun sozlashingiz mumkin, lekin agar shunday qilsangiz, veb-saytlarga har safar tashrif buyurganingizda ba’zi sozlamalarni qo‘lda sozlashingiz kerak bo‘lishi mumkin. Ba’zi xizmatlar va funksiyalar umuman to‘g‘ri ishlamasligi mumkin (masalan, shaxsiy kabinetingizga kirish).
Siyosatga o‘zgarishlar
Mazkur versiya oxirgi marta 2024 yil 1 fevralda yangilangan, oldingi versiyalarni biz bilan bog‘lanib olishingiz mumkin.
O‘zgarishlar to‘g‘risida bizni xabarlantirish majburiyatingiz
Siz to‘g‘ringizda saqlanayotgan shaxsiy ma’lumotlar aniq va dolzarb bo‘lishi juda muhim..
Sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz o‘zgargan taqdirda bizga xabar berishingizni iltimos qilamiz.
Maxfiylik siyosatiga 1-sonli Ilova
Maqsad | Ma’lumotlar ro‘yxati | Qayta ishlash uchun asos |
---|---|---|
Ilovada ro‘yxatdan o‘tish va cheklangan xizmatlar ro‘yxatiga kirish uchun |
| Siz bilan shartnomaning bajarilishi |
Autentifikatsiya va mobil ilovaga keyingi kirish |
| Siz bilan shartnomaning bajarilishi |
Sizni mijoz sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish va bank kartasini rasmiylashtirish |
| Siz bilan shartnomaning bajarilishi Bizning qonuniy manfaatlarimiz uchun zarur (siz bilan shartnomaning majburiyatlari bajarilishini ta’minlash uchun) |
Sizni mijoz sifatida raqamli identifikatsiya qilish uchun |
| Siz bilan shartnomaning bajarilishi Bizning qonuniy manfaatlarimiz uchun zarur (siz bilan shartnomaning majburiyatlari bajarilishini ta’minlash uchun) Yuridik majburiyatni bajarish uchun zarur |
Siz bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha qarzdorlikni talab qilish (so‘ndirish, undirish) |
| Bizning qonuniy manfaatlarimiz uchun zarur (bizga tegishli bo‘lgan qarzlarni undirish uchun) |
Yaqin orada mavjud bo‘lgan kartomat/bankomatlar haqida ma’umot berish |
| Siz bilan shartnomaning bajarilishi Yuridik majburiyatni bajarish uchun zarur |
Plastik karta yetkazib berish |
| Siz bilan shartnomaning bajarilishi |
Bizning biznes va ilovani boshqarish va himoya qilish (muammolarni bartaraf qilish, ma’lumotlarni tahlil qilish, sinovdan o‘tkazish, tizimga xizmat ko‘rsatish, qo‘llab-quvvatlash, hisobot berish va ma’lumotlar yuklash) |
| Bizning qonuniy manfaatlarimiz uchun zarur (bizning biznes yuritishimiz, administativ va AT-xizmatlar ko‘rsatish, tarmoq xavfsizligi, firibgarlikning oldini olish, biznesni qayta tashkillashtirish yoki guruhni qayta qurish uchun) Yuridik majburiyatni bajarish uchun zarur |
Bizning ilovamiz, mahsulotlar/xizmatlar, marketing, mijozlar bilan munosabatlar va tajribani yaxshilash uchun ma’lumotlar tahlili |
| Bizning qonuniy manfaatlarimiz uchun zarur (bizning mahsulotlar va xizmatlarimiz uchun mijozlar turini aniqlash, bizning ilovamizni aktual holatda saqlash, bizning biznesimiz rivoji va marketing strategiyamiz haqida ma’lumot berish uchun) |
Sizning so‘rovlaringiz yoki xatlaringizga javoblar |
| Bizning qonuniy manfaatlarimiz uchun zarur (sizning so‘rovlaringiz yoki xatlaringizga javob berish uchun) |
Marketing xabarlarini jo‘natish uchun |
| Bizning qonuniy manfaatlarimiz uchun zarur (marketing tadbirlarini o‘tkazish uchun) |
Sodiqlik dasturida sizming ishtirokingiz uchun |
| Siz bilan shartnomaning bajarilishi |
Kartadan kartaga o‘tkazish |
| Siz bilan shartnomaning bajarilishi |
Obunalarni rasmiylashtirish |
| Siz bilan shartnomaning bajarilishi Yuridik majburiyatni bajarish uchun zarur |
Sizga Bank mahsulotlari va xizmatlarini ko‘rsatish |
| Siz bilan shartnomaning bajarilishi Bizning qonuniy manfaatlarimiz uchun zarur (siz bilan shartnomalar bo‘yicha qarzlarni undirish uchun) Yuridik majburiyatni bajarish uchun zarur |
Profilni sozlash |
| Siz bilan shartnomaning bajarilishi |