Rahbariyati
Kuzatuv kengashi
Bank boshqaruvi
Kuzatuv kengashi qoshidagi Boshqaruv organlari
Boshqarma qoshidagi Boshqaruv organlari
Kuzatuv kengashi
Dmitriy Nazarov
2024-yil yanvardan boshlab Kuzatuv kengashi aʼzosi va raisi
Moliyaviy kompaniyalarda 12 yildan ortiq boshqaruv va rahbarlik tajribasiga ega, shu jumladan, Nodavlat Pensiya jamg'armasida (Qozog'iston) investitsiyalar departamenti Direktori – qimmatli qog'ozlar portfeli menejeri lavozimida faoliyat yuritgan, IVA Partners (Rossiya) kompaniyasida Operatsion direktor va Bosh direktor lavozimlarida, shuningdek, turli moliyaviy kompaniyalarda Bosh direktorning Maslahatchisi lavozimida ishlagan
Dmitriy Nazarov Qozog‘iston menejment, iqtisodiyot va prognozlashtirish institutining «Menejment» ixtisosligi diplomiga ega, shuningdek, G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining «Moliya va kredit» mutaxassisligi bo‘yicha magistr darajasiga ega
Ruslan Adilbayev
2023-yil noyabrdan boshlab Kuzatuv kengashi aʼzosi
Ko’pgina mamlakatlarda investitsiya loyihalariga rahbarlik qilish va ularni boshqarish boʻyicha 15 yildan ortiq tajribaga ega, shu jumladan UFG Wealth Management limited (Rossiya) kompaniyalarida iqtisodiyot Direktori, FinansInvest (Rossiya) qarz majburiyatlari bilantreyder va savdo boʻlimi boshligʻi, IVA Partners (sobiq UNIVER Capital) (Rossiya) qarz bozori departamenti Direktori va Bosh direktori, ELIDI Securities Ltd (sobiq UGM Securities Ltd) (Kipr) Ijrochi direktori lavozimida ish yuritgan
Hozirda u ELIDI Capital Ltd (Kipr) kompaniyasi direktori va ELIDI Securities Ltd (Kipr) mustaqil direktori hisoblanadi
Ruslan Adilbayev M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining «Маtematika» ixtisosligi diplomiga ega
Andrey Jujlin
2023-yil martdan boshlab Kuzatuv kengashi aʼzosi
Bank sohasida 20 yildan ortiq tajribaga ega, shu jumladan, Citibank (Rossiya) bankida mintaqaviy savdo bo‘limi Rahbari, Barclays (Rossiya) korporativ mijozlarga xizmat ko'rsatish bo’yicha chakana savdo bo‘limi Boshlig‘i, Home Credit Bank (Rossiya) «Moskva» chakana biznes direksiyasi direktorining o'rinbosari, IKANO bank (Rossiya) Sodiqlik dasturi mahsulotlarini rivojlantirish departamenti Direktori, Home Credit Bank (Hindiston) tijorat universiteti Rahbari, shuningdek Easy Pay (Indoneziya) Bosh direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan
AVO Services and Technology (O‘zbekiston) kompaniyasining masofaviy o’qitish tizimi direktori hisoblanadi
Andrey Jujlin Velikiyе Luki davlat qishloq xo'jaligi akademiyasining «Moliya va kredit» mutaxassisligi bo'yicha diplomiga ega
Darxan Nuraxmetov
2023-yil noyabrdan boshlab Kuzatuv kengashi aʼzosi
Oxirgi 5 yil davomida Qozog‘iston Milliy banki O'quv markazi (Qozog‘iston), Iks 5 va Iks 5 Technologies (Rossiya), Yandex Qozog‘iston (Qozog‘iston), ProgIT (Qozog‘iston), GlobalTech Solutions (Qozog‘iston), Extrum Technologies (Qozog'iston), Aim High Technology (Qozog’iston) kabi kompaniyalarda rahbarlik lavozimlarida ishlagan
U Extrum Technologies (Qozog'iston) kompaniyasining mustaqil direktori va ProgIT (Qozog'iston) kompaniyasining direktori hisoblanadi
Darxan Nuraxmetov M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining iqtisod mutaxassisligi bo‘yicha magistratura darajasini olgan
Yerjan Musin
2024-yil fevraldan boshlab Kuzatuv kengashi a’zosi
Moliya sohasida 15 yildan ortiq tajribaga ega, shu jumladan, Qozog’iston fond birjasida loyihalarni rivojlantirish bo'limining mutaxassisi, Kliring palatasi direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan
Hozirda Almak Capital FZС (BAA) va Almak Ventures LLC (AQSh) investitsiya kompaniyalarining hamkori, shuningdek Ostona xalqaro moliya markazining litsenziyalangan ishtiroqchisi hisoblanadigan Fonte Capital Ltd (Qozog'iston) boshqaruv kompaniyasi Bosh direktori
Yerjan Musin M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining «Маtematika» ixtisosligi diplomiga ega. Qozog‘iston moliyachilar uyushmasining «Eng yaxshi moliyachi» medali va Qozog‘iston fond birjasining 30 yilligi munosabati bilan «Birja rivojlanishiga qo‘shgan hissasi» uchun diplom bilan taqdirlangan