Tungi marafon — shunchaki sport emas. Bu odatiy kundalik ishlardan biroz chalg'ish va hamkasblar bilan yaqindan tanishish imkoniyati. Marafonda 100 dan ortiq xodimlarimiz ishtirok etishdi! Buxoro ko'chalarida yugurganimiz sari har bir qadam jamoamiz uchun sinov va sarguzashtga aylanganini his etdik.
Qorong'ulikdagi yana bir kilometr — yangi g'oyalar, kreativ va oldinga qarab harakatlanishga tayyorligimizni bildirdi. Biz savollarga javob topish bilan cheklanmaslikka, balki doimo yangi imkoniyatlarni yaratishga harakat qilamiz.
Marafon jamoamiz birgalikda yanada ko'proq narsalarga qodir ekanligini ko'rsatdi — va bu hali boshlanishi. Yugurishda ishtirok etgan va bizni qo'llab-quvvatlagan barcha hamkasblarimizga rahmat aytamiz 💛