AVO platinum kartasi bo'yicha yangi tariflar 19-iyul 2024-yildan boshlab amal qiladi. Hujjatning yangi tahriri bilan «Hujjatlar» bo'limida tanishib chiqishingiz mumkin.
O'zgartirishlar kuchga kirgan kundan boshlab, bank AVO platinum kartasi orqali amalga oshirilgan to'lovlar bo'yicha yuzaga kelgan texnik qarzdorlik uchun penya hisoblamaydi.