Qachon?
27–30-iyun
10:00–17:00
Qayerda?
Toshkent fotosuratlar uyi
Biz ORZU loyihasining homiysiga aylandik. Ushbu ko'rgazmada ko'zi ojiz bolajonlarning orzulari AI yordamida suratlarda jonlantirildi.
ORZU — xayriya loyihasi. AI yordamida ko'rish qobiliyati cheklangan bolajonlarning orzulari fotosuratlarga muhrlandi. Ko'rgazmada ushbu san'at asarlarini ko'rishingiz, shuningdek, 29-iyun 17:00 da bo'lib o'tadigan xayriya auksionida ularni sotib olishingiz mumkin.
Loyiha qanday amalga oshirildi?
Jurnalist va psixologlar bolajonlardan intervyu olib, ularning orzulari haqida so'rashdi. So'ng javoblarni AI yordamida vizuallashtirishdi, rassomlar esa natijalarni jonlantiruvchi matolarga tushirdilar. AI yordamida insonlar qalbini bog'lovchi ko'prikni yaratib, avval ko'rishning imkoni bo'lmagan narsalarni ko'rish imkoniga ega bo'ldik. Ijodning chegarasi yo'q, san'at esa — qalbning ovozi.
Texnologiyalarni qurishni bilgan holda, ular yaxshilikka xizmat qilishi uchun biz qo'limizdan kelgan barini qilamiz: chegaralarni yuvib, bir-birimizni tushunishga yordam beramiz.
Xayriya auksionidan tushgan pullar bolalar ko'z jarrohligiga yordam uchun yuboriladi.
Albatta keling 💛