Ish qidirishni boshlasangiz, tajribangizni baholash va qanchalik zo’r mutaxassis ekanligingizni bilish uchun ish beruvchi albatta rezyumengizni so’raydi. Rezyume qancha zo’r bo’lsa, ishga taklif olish imkoniyatingiz shuncha oshib boradi. Kredit tarixi ham xuddi shunday. U qarzlaringizni qanchalik eplashingiz, hisob-kitoblarni vaqtida qilishingiz va moliyaviy masalalarda qanchalik mas’uliyatli ekanligingizni ko’rsatadi.
Bank kredit tarixini qanday baholaydi?
To’lovlar tarixi. Qarzlaringizni o’z vaqtida uzyapsizmi-yo’qmi, buni bilish banklar uchun juda muhim. Keling, misol orqali osonroq tushuntiramiz: Hasan va Husan bir vaqtda kredit olishdi. Hasan kreditini oyma-oy o’z vaqtida to’lab bordi va yil oxirigacha uni to’liq qopladi. Husan esa, aksincha, xarajatlarini boshqara olmay, to’lovlarga kechikkanligi uchun bankdan yana foiz va jarimalar ham oldi. Keyingi safar kredit olish uchun kelishganda bank Hasanga shu zaxotiyoq kredit ajratdi, Husan esa pulsiz qoldi. Bu misol yaxshi kredit tarixini tuzish va kelajakda yangi kreditlar olishda muammolarga duch kelmaslik uchun qarzlarni vaqtida to’lashning qanchalik muhimligini ko’rsatib beradi.
Kredit tarixining davomiyligi. Kreditlar bilan qancha yaqin tanish bo’lsangiz, kredit tarixingiz uchun shuncha yaxshi. Aytaylik, siz oxirgi 5 yil davomida kreditlaringizni kechiktirmay to’lab kelyapsiz. Sizning moliyaviy obro’ingiz va shu bilan birga yangi kredit olish imkoniyatingiz ham oshib boradi. Kredit tarixingizning uzoq muddati bankka pullaringizni nazorat qila olishingizni ko’rsatadi.
Kredit olishga yangi arizalar. Kredit olishga arizalaringiz soni doim bankning e’tibor markazida. Tasavvur qiling, siz doim do’stlaringizdan qarzga pul so’raysiz. Avvaliga ular sizga yordam berishsa ham, bir kun kelib xavotirga tushishni boshlaydilar: qarzni qaytara olasizmi? nimaga sizga doim pul kerak?
Bank bilan ham xuddi shunday. Agar siz har oy yangi kredit olish uchun ariza topshiraversangiz, bank sizda moliyaviy muammolar bor degan gumonga borishi mumkin.
Kreditlar xilma-xilligi. Turli kreditlar sizning kredit limitingizni ancha-muncha oshirishi mumkin. Aytaylik, hozir ipoteka kreditingiz bor, siz esa yana muzlatgich va kir yuvish mashinasi uchun kredit olishga qaror qildingiz. Agar barcha kreditlaringizni vaqtida to’lab borsangiz, sizning kredit tarixingiz yanada yaxshilanadi. Bu bilan siz bankka turli kreditlarni boshqara olishingiz va moliyaviy mas’uliyatingizni qoyillatib bajarishingizni isbotlaysiz.
Kredit tarixi qanday ishlaydi? Misol orqali aytib beramiz
Tasavvur qiling, siz AVO platinum kartasini ochishga qaror qildingiz. Boshlanishiga 2 000 000 so’m limit oldingiz. Kartadan xaridlaringiz uchun doimiy ravishda foydalanasiz, lekin hisob-kitoblaringizni o’z vaqtida qilasiz. Sizning AVO bilan kredit tarixingiz har oy yaxshilanib boradi. Yarim yil o’tib bank sizning mas’uliyatli ekanligingizni sezadi va kredit limitingizni 10 000 000 so’mgacha oshirishni taklif qiladi.
Nimaga bunday? AVO sizning ishonchli mijoz ekanligingizni ko’radi. Doim va kechikmay to’lovlar qilishingiz sizga ko’proq pulni ishonib topshirish mumkinligini yaqqol ko’rsatadi. Oshirilgan kredit limiti yanada katta xaridlar qilishingiz uchun ko’proq imkoniyat taqdim etadi.
Kredit tarixini qanday yaxshilash mumkin?
1. Kredit uchun to’lovlarni kechiktirmang. Vaqtida qilingan hisob-kitob — yaxshi kredit tarixi uchun eng muhim omillardan biri. Kechikishlar esa, aksincha, — bank uchun qizil bayroq. Ular sizga ishonib bo’lmasligiga ishora qiladi.
2. Doimiy daromadga intiling. Doimiy daromad manbaiga ega bo’lish va uni rasmiylashtirishga harakat qiling. Shunda bank moliyaviy vazifalaringizni uddalay olishingizga ishonch hosil qiladi.
3. Xarajatlarni me’yorda tuting. Kartangizda bor kredit limitning hammasini ishlatib yubormaslikka harakat qiling. Limitdan o’rtacha 30%ini sarflamay qoldiring. Masalan, sizda 1 000 000 so’m kredit limitingiz bo’lsa, oyiga 700 000 so’mdan ko’p sarflamaslikka harakat qiling. Kreditdan juda ko’p foydalansangiz, bank sizni qarzga beriladigan pullarga muhtoj deb o’ylashi mumkin.
4. Bir vaqtning o’zida yangi hisob raqamlarini ko’p ochmang. Agar siz to’satdan ko’pgina yangi kredit kartalarini ochish yoki birin-ketin kredit olishni boshlasangiz, bank sizda pul bilan bog’liq muammo bor deb o’ylashi mumkin.
Shunday qilib, kredit tarixini to’g’ri boshqarish — bu faqat to’lovlarni o’z vaqtida qilishdangina iborat emas. Bu shaxsiy moliyangizda asqatuvchi butun boshli strategiya. AVO bilan kredit tarixingizni yaxshilash va kredit limitingizni oshirib borish oson. Ertaga moliyaviy imkoniyatlaringiz keng bo’lishi uchun ishni bugundan boshlang!
Moliya yo’lida sizga omad tilaymiz!