1. Teplo market
Sana: 15 — 16-iyun
Manzil: FoodMall Tashkent, Toshkent
Narx: Kirish bepul
FoodMall Tashkent mashinalar to’xtash joyida «Teplo Market» yarmarkasi bo’lib o’tadi. Bu yerda qo’lda yasalgan buyumlar: uy uchun zamonaviy dekor, kiyim-kechak, iforli shamlar, taqinchoqlar, kosmetika va kitoblar taqdim etiladi. O’zingiz va yaqinlaringizga ko’plab qiziqarli va noodatiy sovg’a izlash uchun ajoyib manzil.
2. Orol dengizi haqidagi «Следы на песке» ko’rgazmasi
Sana: 29-aprel — 1-iyul
Manzil: «Ipak yo'li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, Samarqand
Narx: Kirish bepul
Orol dengiziga bag’ishlangan «Следы на песке» ko’rgazmasi «Ipak yo'li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti art-rezidensiyasida bo’lib o’tadi. Ko’rgazmada rassomlarning 30 dan ortiq rasmlari orqali Orol dengizining holati va fojia tarixi namoyish etiladi.
3. Drift bo’yicha O’zbekiston chempionati
Sana: 14 — 16-iyun
Manzil: Silk Road Samarkand, Samarqand
Narx: 30 000 so’mdan boshlab
Doim adrenalin izlovchilar uchun Samarqandda drift bo’yicha O’zbekiston chempionati bo’lib o’tadi. Qani, rulni oxirigacha aylantirishga tayyormisiz?
Dam olish kunlarida sayrga chiqmoqchimisiz?
AVO kredit kartasini olishni unutmang
4. «Комолон» fotoko’rgazmasi
Sana: 18-may — 31-iyul
Manzil: Hlmrdv Gallery, Toshkent
Narx: Kirish bepul
Ko’rgazmada Toshkentlik oila — Daima Rahmonbekova va Maksim Vardanyanlarning rasmlari taqdim etiladi. Ularning ijod namunalari Fransiya, Belgiya, AQSH, Buyuk Britaniya va Yaponiya galereyalarida bo’lib ulgurgan.
5. Bolalar uchun plastilindan buyumlar yasash
Sana: 15-iyun, 15:00
Manzil: Human House, Toshkent
Narx: 90 000 so’m
Human House bolalar uchun master-klass o’tkazadi. Bu yerda bolajonlar o’zlarining ijodiy mahoratini oshirish va yangi bilimlarga ega bo’lish bilan birga, tengdoshlari orasida vaqtini chog’ o’tkazishadi.
AVO kartasi — har doim va har yerda qulay to’lov
Qayerga borishni tanladingizmi? Unda AVO kartasini o’zingiz bilan olishni unutmang. U sizga asqatishi aniq! Oddiy bank kartasidan foydalangandek, do’kon va ko’rgazmalarda AVO kartangiz bilan to’lovlar qiling. Mabodo pulingiz yetmay qolsa, AVO kartasi sizni qo’llab yuboradi 💵
AVO platinum kredit kartasi
Bayramni AVO bilan nishonlashga tayyormisiz?