Kredit kartasi — bu odatdagi bank kartasi, faqat unda sizning shaxsiy pullaringiz emas, bankning pullari saqlanadi. Ushbu karta orqali siz tovarlar xarid qilishingiz yoki xizmatlar uchun to’lovlar qilishingiz mumkin, sarflangan pullarni bankka qaytarsangiz kifoya.
Kredit kartasi qanday ishlaydi?
Bank kredit limitingizdan kelib chiqib sizga qarzga pul beradi va quyidagi muddatlarni o’rnatadi:
- Xarid uchun davr — bank tomonidan o’rnatiladigan muddat bo’lib, ushbu muddat ichida siz kreditga olingan pullarni tovarlar va xizmatlar to’lovi uchun sarflashingiz mumkin. Turli banklarda ushbu muddat farq qiladi: birida 30 kungacha bo’lsa, boshqasida 50 kungacha borishi mumkin;
- Foizsiz davr (imtiyozli) — bu kredit uchun bank tomonidan foiz hisoblanmaydigan davr. Agar ushbu muddat tugaguncha pullarni bankka qaytarsangiz, barcha qo’shimcha to’lovlardan ozod bo’lasiz. Aks holda, kechikkanlik uchun bankka to’lov qilishingizga to’g’ri keladi.
Kredit kartasidan qayerda foydalanish mumkin?
Kredit kartasidan bank kartasi qabul qilinadigan deyarli har yerda foydalanishingiz mumkin: do’konlarda, go’zallik salonlarida, restoranlarda, mehmonxonalarda, aeroport va boshqa joylarda. Xaridlar uchun kredit kartasi bilan to’lov qilganingizda siz hech qanday qo’shimcha yig’imlar to’lamaysiz. Ammo, agar naqd pul yechish yoki boshqa kartaga pul o’tkazishni istasangiz, bank sizdan foizlar ushlab qoladi.
Aytaylik, Sarvarga yangi krossovka sotib olish uchun hoziroq pul kerak. U bankda kredit kartasini rasmiylashtirishga qaror qildi va unga 500 000 so’mlik kredit limiti ajratildi. U bu pullardan 30 kun ichida xarid uchun foydalanishi mumkin, yana 15 kun ichida esa ularni bankka qaytarishi lozim. Sarvar pullarni olishi bilanoq xarid uchun kredit kartasi orqali to’lov qildi, kelasi 45 kun ichida esa ularni bankka qaytarganligi uchun bankka hech qanday foiz to’lamadi.
Boshqa tarafdan, agar Sarvar pullarni naqd qilib olganda komissiya (turli banklarda turlicha) to’lashga to’g’ri kelardi. Masalan, 29 000 so’m va yechilgan miqdordan 2,9%.
Shu sababli, oflayn va onlayn xaridlar uchun naqd pul yechmasdan, kredit kartasidan foydalangan ancha unumli.
Kredit kartasining siz uchun foydasi nimada?
Tezkor pullar. Bankda kredit limitini ma’qullash odatda 10 daqiqadan 24 soatgacha vaqt oladi, ammo istisnolar ham bo’lib turadi.
Ortiqcha to’lovlarsiz. Har bir kredit kartasi foizsiz davrga ega. Agar ushbu davr tugaguncha pullarni qaytarsangiz, ulardan foydalanligingiz uchun to’lov talab etilmaydi.
Qaytarish uchun qulay muddatlar. Avval aytganimizdek, bari bank siyosatiga bog’liq, lekin odatda ushbu davr 15 kundan 24 oygacha davom etadi.
Kechikishning oldini olish mumkin. Imtiyozli davr tugaguncha qarzni so’ndirishga ulgurmayotgan bo’lsangiz ham, faqat to’ldirish miqdorini vaqtida to’lagan holda foizlar hisoblanishining oldini olishingiz mumkin.
Kredit limitining oshishi. Agar siz ijobiy kredit tarixi va doimiy ish haqiga ega bo’lsangiz, bank sizning limitingizni oshirishi mumkin. Bu bank sizga ishonishini anglatadi.
Sarhisob
- Kredit kartasi — bu bankning hamyoni, siz undagi pullardan o’z ehtiyojlaringiz uchun foydalanishingiz, keyin esa joyiga qaytarishingiz mumkin.
- Kredit kartasi imtiyozli davrga ega bo’lib, ushbu davr ichida qarzdorlik uchun sizga foizlar hisoblanmaydi.
- Tovar va xizmatlar uchun karta orqali to’lov — bepul, lekin kartadan naqd pul yechish va o’tkazmalar uchun komissiya ushlab qolinadi.
- AVO bank mobil ilovasida AVO platinum kredit kartasini tezgina rasmiylashtirish mumkin.