Yo’lda doim 100% diqqat-e'tiborli bo’lish qiyin, albatta. Ba’zida noxush xabarlar, charchoq yoki injiq ob-havo bizni tinch holatdan qo’zg’atib yuborishi mumkin. Ko’pincha emotsional yoki jismoniy layoqatsizlik sababli haydovchilarning e’tibori pasayib, ko’ngilsiz holatlar, kamida YHQ qoidalarining buzilishi va sezilarli jarimalarga olib keladi. Qanday qilib bunday jarimalarni AVO bilan tez va oson, eng muhimi, foyda bilan to’lashni maqolamizda o’qing.
Nimaga AVO?
Komissiyalarsiz: AVO ilovasida davlat xizmatlari, jumladan, jarimalar uchun to’lov qilsangiz, sizdan komissiya ushlab qolinmaydi.
Qulaylik: jarimalarni istalgan joyda va istalgan vaqtda smartfon orqali to’lashingiz mumkin.
Tezlik: jarimani to’lash uchun to’g’ridan-to’g’ri smartfoningizda bir necha qadamlarni bajarsangiz kifoya.
Shaffoflik: jarimalar haqidagi to’liq ma’lumot va kvitansiya ilovada saqlanadi.
Jarimalar AVO’da qanday to’lanadi: yo'riqnoma
1-QADAM. «To'lovlar» bo’limiga o’ting:
- AVO ilovasini oching va bosh sahifada «To’lovlar» — «Davlat xizmatlari» — «YHXX jarimalari» bo’limini tanlang.
2-QADAM. Ma’lumotlaringizni kiriting:
- To’lov uchun karta yoki hisob raqamini tanlang, qaror raqamini kiriting (odatda u qarorning birinchi satrida ko’rsatiladi) va «Davom etish» tugmasini bosing;
- Barcha ma’lumotlarni diqqat bilan o’qib chiqing va hammasi to’g’riligiga ishonch hosil qilganingizdan so’ng «To’lash» tugmasini bosing;
- To’lov muvaffaqiyatli amalga oshirilgandan so’ng yangi erkan paydo bo’ladi. Shu ekranda siz to’lov kvitansiyasini yuklab olishingiz mumkin.
AVO platinum kredit kartasi
Jarimalardan tejashni boshlaymizmi?
Qanday qilib YHXX jarimalarini 50% chegirma bilan to’lash mumkin?
Jarima ko’chirmasi olingan kundan boshlab, qaror yozilgan kunni hisobga olgan holda, uni 15 kun ichida to’lang. Masalan, agar jarima 1-iyun kuni yozilgan bo’lsa, 50% chegirma 15-iyun oxirigacha amal qiladi. Agar jarimani 30-iyun oxirigacha (30 kun ichida) to’lasangiz — chegirma 30%ni tashkil qiladi.