Jazirama issiqdan qayerda salqlanishni va baxt gormonini qanday ko'paytirishni dayjestimizda aytib berdik.
1. Van Gogning «Noreal Van Gog» ko'rgazmasi
Sana: 29-iyundan 29-iyulgacha
Ko'rgazma vaqti: 12:00 dan 20:00 gacha, dushanba va juma dam olish kunlari
Manzil: Bonum Factum Gallery
Narx: 15 000 so'm
Ko'rgazmada Vinsent Van Gogning 24 san'at asarlari taqdim etiladi. Do'stlaringiz orasidan rassomning muxlislarini chaqirib, birga bahra oling!
2. «Sevimli iforingizni yarating» master-klassi
Sana: 6-iyul 18:00
Manzil: Human House
Narx: 170 000 so'm
Master-klassda 25 xil turli: sitrus, gullar, ziravorlar, o'simliklar va yog'ochlar iforlari bilan tanishishingiz mumkin bo'ladi.
Shuningdek, parfyumeriya va efir moylari haqida qiziqarli ma'ruza va yana chuqur psixo-emotsional tahlil bo'lib o'tadi. Master-klass so'ngida noyob parfyum idishchasini sovg'aga olasiz!
3. «Tanabata» yapon festivali
Sana: 6 -iyul 10:00
Manzil: Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyi
Narx: Kirish bepul
Dastur bo'yicha: bayram afsonasi, origami va tanzaku bo'yicha master-klass, yukata kiyish va selfi, yapon choyi va shirinliklari, xattotlik va raqs.
4. Yapon bog'ida ochiq osmon ostida filmlar namoyishi
Sana: 1-dan 7-iyulgacha
Manzil: Yapon bog'i
Narx: 100 000 so'm (narx ichiga bog' ichida sayr qilish ham kiradi)
Dastur ichiga taniqli film va multfilmlar kiritilgan: «Пурпурные сердца», «Дом у озёра», «Таро: карта смерти», «Суперсемейка 2», «Моана» va boshqalar. Yulduzlar ostida filmdan rohatlanish uchun tashrif buyuring!
5. «Fransiya o'zbek fotosuratchisi nigohida» nomli Bobur Alimxo'jayev ko'rgazmasi
Sana: 3-dan 12-iyulgacha
Manzil: Toshkent fotosuratlar uyi
Narx: Kirish bepul
Fransiya elchixonasi va «Bahor» ansambli fotosuratchi Bobur Alimxo'jayev ko'rgazmasini taqdim etadi. Impressionistlardan ilhomlangan holda u Fransiyaning 44 ramziy manzillarini yaratdi.
6. Ot sporti klubiga sayohat
Sana: 15-iyul
Manzil: Argamak Sher ot sporti klubi
Narx: 75 000 so'm
Argamak Sher ot sporti klubi barcha ko'ngillilarni ekskursiyaga chorlaydi. Dastur bo'yicha: otlar bilan tanishuv, ularni ovqatlantirish, instruktor bilan otda sayr qilish va ot sporti bilan shug'ullanish uchun sertifikat yutish imkoniyati. Oilangiz bilan birga kutamiz!
O'zingiz bilan AVO platinum kredit kartasini olishni unutmang — sizga asqatishi aniq!