Orzular do'stlar bilan birgalikda tezroq ro'yobga chiqadi. ORZU lohiyasi doirasida biz bolajonlarning orzularini amalga oshirishni xohlaydigan haqiqiy orzudoshlarimizni topdik.
Bunaqasi bizda birinchi marta bo'lmoqda — biz xayriya ko'rgazmasida qatnashdik. Unda ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalarning orzu va fikrlari sun'iy intellekt va Sharm studio'ning iqtidorli rassomlari yordamida yaratilgan suratlar namoyish etildi.
Ko‘rgazmaning kulminatsion nuqtasi 29-iyun kuni bo'lib o'tgan xayriya auksioni bo‘ldi. Barcha rasmlar sotildi, eng yuqori baholangan rasm — 20 million so‘mga xarid qilindi.
Xayriya auksionida yig'ilgan mablag'lar Mehrli qo’llar fondiga bolalarning ko'z nurini tiklashga yo'naltirildi. Umid qilamizki, harakatlarimiz bolalarga dunyoni ularning rasmlaridek yorqin ranglarda ko'rish imkoniyatini beradi.
Bizning missiya ― yanada KO'PROQ istaklarni amalga oshirish. Shu sababdan biz ORZU loyihasini har tomonlama qo'llab-quvvatlaymiz. Bizni va orzudoshlarimizni qo'llagan barchaga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.