Kredit kartasini ochsammi yoki ochmasam? Shoshilinch pul kerak bo’lganda ko’pchilikni shu savol o’ylantirishni boshlaydi. Kredit kartasini rasmiylashtirish orqali siz nimalarga ega bo’lasiz va nimalarni yo’qotasiz, ko'rib chiqamiz.
Kredit kartasi orqali xaridlarning yaxshi tomonlari
1. Doim yoningizda. Nimadir shoshilinch sotib olish kerak bo’lsa-yu, lekin pulingiz qolmagan bo’lsa, kredit kartasi sizning haloskoringizga aylanishi mumkin. Misol uchun, sizning “qadrqon” muzlatgichingiz yozning jazirama kunlarida buzilib qoldi. Yangisiga yetarli pul yig’ilguncha kutib, chillada erigan muzqaymoqlar bilan o’zingizni aldab turish — imkonsiz. Shunda kredit kartangizni olib, to’g’ri texnika do’koniga yo’l olishingiz mumkin.
2. Foizsiz. Kredit kartasi imtiyozli davrga ega bo’lib, ushbu davr mobaynida siz sarflangan pullarni foizsiz qaytarishingiz mumkin. Masalan, AVO’da imtiyozli davr 45 kungacha davom etadi. Kredit limitini hozir qabul qilsangiz ham, kredit pullarini sarflamaguningizcha sizga foiz hisoblanmaydi.
3. Aksiya va chegirmalar. Ko’pincha bank va do’konlar kredit kartalari orqali to’lovlar uchun maxsus shartlar taklif qiladilar. Misol uchun, AVO kartasi Mastercard to’lov tizimi bo’yicha ishlaydi. Shuning uchun, AVO kredit kartasi egalari uning barcha afzalliklaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Masalan, onajoningizning tug’ilgan kunini Pasado restoranida nishonlang va barcha taomlarga 10% chegirma oling. Yo bo’lmasa yana bitta zo’r taklif: Mastercard ro’yxatidan mehmonxona tanlang va 4-kechani sovg’aga oling. Havolaga o’ting va AVO&Mastercard’dan unumli takliflar bilan tanishib chiqing.
Kredit kartasi orqali xaridlarning yomon tomonlari
1. Foizlari baland. Agar siz qarzingizni o’z vaqtida so’ndirmasangiz, bank sizga foiz, penya va jarimalar hisoblashi mumkin. Hammasi bankning o’ziga bog’liq. Har bir tashkilot kredit kartalari bo’yicha tarif va shartlarni mustaqil belgilaydi. Ammo qarzingizni uzmasangiz, foizlar yig’ilib-yig’ilib, siz uchun og’ir yukka aylanadi.
2. Ko'p pul sarflab qo’yishingiz mumkin. Yoningizda ortiqcha pullar borligini sezsangiz, rejalashtirganingizdan ko’proq pul sarflagingiz keladi. Masalan, bitta dona yangi smartfon olishni o’rniga, ustiga aqlli soat yoki trenddagi quloqchinlarni ham qo’shib olasiz. Qarzingiz esa hamirdek ko’pirishda davom etib, oxir oqibat sizni moliyaviy qopqonga olib kelishi mumkin.
3. Bank xizmatlari uchun komissiyalar. Ba’zi banklar naqd pul yechish yoki kartadan kartaga pul o’tkazish kabi xizmatlari uchun katta komissiyalar ushlab qoladi. AVO’da ham shunday komissiyalar bor: kredit pullaridan naqd pul yechish yoki pul o’tkazmalari uchun 29 000 so’m va operatsiya summasidan 2,9% ushlab qolinadi. Masalan, boshqa kartaga 50 000 so’m pul o’tkazmoqchi bo’lsangiz, siz 80 450 so’m (30 450 so’mi komissiya) pul to’lashingizga to’g’ri keladi. Shuning uchun xaridlaringiz uchun to’g’ridan-to’g’ri kredit kartangiz yoki AVO ilovasi orqali to’lov qilganingiz ma’qul.
Sarhisob qilamiz
1. Kredit kartasi — bu sizning zaxira-hamyoningiz. Kredit kartasini hozir qabul qiling va doim yoningizda saqlang. Xaridlaringiz uchun pul yetmagan vaqtlarda u sizga asqatishi mumkin.
2. Pullarni sarflang va foiz to’lamang. Shunchaki sarflangan pullarni foizsiz davr mobaynida qaytarsangiz bas.
3. Ko’pgina aksiya va chegirmalar. AVO platinum kredit kartasi va Mastercard bilan unumli xaridlar qilishni boshlang.
4. Pullarni kechiktirmay to’lang. Agar siz nimadir xarid qilib, imtiyozli davr mobaynida qarzni so’ndirishga qo’lingiz kaltalik qilayotgan bo’lsa, hech bo’lmaganda majburiy to’lovni to’lab qo’ying. Shu orqali katta jarimalarga ko’milib qolmaysiz.
5. Xarajatlaringizni rejalashtiring. Do’konga borishdan avval xaridlaringiz ro’yxatini tuzib oling. Ro’yxatdan tashqari nimadir olish istagi paydo bo’lib qolsa, buni ham hisobini olib qo’ying.
6. Shartnomani diqqat bilan o’qing. Bu orqali siz kredit kartasidan foydalanishning barcha foyda va xatarlarini bilib olasiz.