Bir vaqtlar o’zbekistonliklarning karmonida bejirim 50 so’m qiymatli banknotlarni topish mumkin edi. Hozir esa bu shunchalik kichkina summaki, do’konlarda 50 so’mlik tanga o’rniga qo’lingizga bir dona qurt tutqazishadi. Bugun 50 000, 100 000 va hatto 200 000 so’mlik banknotlar oddiy holga aylanib ulgurdi. Bundan keyin nima bo’ladi va nima uchun so’mlar oxirida nollar soni oshib bormoqda?
Pul massasi
Mavzuga chuqurroq kirishish uchun biz birinchi navbatda «pul massasi» termini bilan yaqindan tanishishimiz kerak. Bunday nom bilan hozirda davlat iqtisodiyotida mavjud barcha pullar: naqd, kartadagi pullar, fuqarolarning banklardagi omonatlari, hatto bozor fondi va boshqa investitsiyalarga aytiladi. Pul massasi quyidagi sinflarga bo’linadi:
Pul massasiga faqat Markaziy Bank ta’sir qilishi mumkin — aynan u qancha banknot chop qilish va tangalar chiqarishni hal qiladi. Yuqori nominallik yangi banknotni chiqarish qarori bir qator sabablarga ko’ra qabul qilinishi mumkin. Bunday sabablarning asosiy qismi juda mayda va oddiy.
Mana sizga misol: tasavvur qiling, mamlakat aholisining daromadi o’sib, endi ular zargarlik buyumlari, texnika, avtomobil kabi qimmat tovarlarni xarid qila boshladilar. Bunga javoban MB: «Odamlarga pulni sanashga uzoq vaqt ketadi va bu noqulay, ularga yordam berish kerak», — deydi va, aytaylik, 200 000 so’mlik banknot chiqaradi.
Bu pul massasini umuman o’zgartirmaydi, shunchaki, 100 ta 2 000 so’mlik banknot o’rniga bitta 200 000 lik qog’oz paydo bo’ladi. Ha, yana, yuqoridagi ssenariy o’ta fantastik-optimistik misol. MB yangi, yirik banknotlarni chiqarishi uchun boshqa sabablar ham bor. Shunday sabablardan biri: pullarni ishlab chiqarishga xarajatni kamaytirish. Sizning hayolingizga ham kelmagan bo'lishi mumkin, lekin pul qilish uchun ham... pul kerak.
Dunyodagi ko’pgina banknotlar paxta va zig’irdan tayyorlanadi. Xom-ashyo avval boylerga tushiriladi, keyin, yuqori bosim ostida tolalarga aylantiriladi. Undan so’ng tolalarni ochartirish, tozalash va keyin bo’yash kerak bo’ladi. Yana suvli belgilar, gologramma, relyef va boshqa xavfsizlik choralari tushirilishini ham unutmaslik kerak. Natijada, masalan, AQSHda bir dona $100 qiymatli banknot ishlab chiqarishga 6,6 sent sarflanadi.
Demak, vaqti kelib davlat uchun 2 000 so’m qiymatli 100 ta banknot chiqarish ortiqcha xarajatga aylanadi va shunda yangi banknot paydo bo’ladi.
Denominatsiya
«Pul massasi»dan tashqari yana «denominatsiya» tushunchasi ham bor. U ham davlatdagi banknotlar «qiymati»ga ta’sir qiladi. Oddiyroq qilib aytganda, denominatsiya — bu, davlatdagi barcha pullar o’zining asl ahamiyatini saqlagan holda, qiymatini o’zgartirgan.
Misol uchun, Rossiyada so’nggi denominatsiya 1997–2002-yillarda bo’lib o’tgan. Unda pullar 1000:1 o’lchamda denominatsiyalangan — 1 000 rubllik banknotlar 1 rublga, 10 000 rublliklar — 10 rublga, 500 000 rublliklar esa — 500 ga almashtirilgan.
Bu degani, biz siz bilan hech qachon 500 000 so’mlik banknotlarga yetib bormasligimiz va, aksincha, qaysidir vaqt muloqotdagi 200 000 qayta 200 so’mga aylanishi ham mumkin.
AVO platinum kredit kartasi
Kredit limitingizni oling va pullarni %siz saqlang
Bu inflyatsiya va devalvatsiya natijasida yuz berishi mumkin: so’m o’ta qadrsizlanib, MB davlat valyutasini «qayta ishga tushirish» vaqti keldi degan qarorga kelgan taqdirda. Yoki, aksincha, denominatsiya infyatsiya yuz berishiga yo’l qo’ymasligi mumkin.
Bundan tashqari, denominatsiya bitta katta afzallikka ega: u soxta valyutachilarning biznesini to’liq xonavayron qiladi. Shunchaki hamma eski valyutalarni olib, yangisiga o’zgartiradigan bo’lsak, qaysi banknot haqiqiy, qaysinisi soxta ekanligini aniqlashtirib o’tirishga hojat qolmaydi.
Nima bo’lganda ham, oddiy aholiga pullarni kartada, masalan AVO kredit kartasida saqlagan ancha qulay — ortiqcha qog’ozlar, semiz va noqulay hamyonlar va pulni ko’chada tushirib qo’yish kabi ortiqcha g’avg’olardan ozod bo’lishadi.