Bugun O’rikzor bozoriga chiqsangiz, Gucci, Chanél va Louis Vuitton kabi xilma-xil yozuvli futbolkalar to’la qatorlarni chetlab o’tishning imkoni bo'lmaydi. Futbolkalar narxi bir necha dollardan oshmaydi, lekin ularning original «akaxonlari» — ming marta qimmat. Odamlar soxtasini ham, originalini ham olaverishadi, brendlar esa bir-biridan g’alati lyuks tovarlarni o’ylab chiqarishda davom etaverishadi — yana faqatgina kiyim-kechak va aksessuarlargina emas. Lekin nima uchun odamlarni «lyuks» qiziqtiradi va uning asl mohiyati o’zi nimada?
Yoshligimda dadamning qurilishda ishlatadigan skotchini qo’limga bilaguzuk qilib taqib yurganim esimda — to’g’risi men uni bilaguzuk deb emas, yo kosmonavtlarning, yo sehrgarlarning qandaydir mo'jizali quroli deb tasavvur qilardim.
Oradan deyarli 20 yil o’tib, Balenciaga ispaniya modalar uyi tarkibida avval xuddi shunday «o’yinqaroqlik qilgan» odam paydo bo’lgan ko’rinadi: brend skotchli bilakuzukni sotuvga chiqardi. Dadamni skotchi bilan bir xil, faqat narxi €3000.
Bu kabi tovarlar — oddiy bezak emas, balki san’at asari ekanligini tushunaman. Bu rassoming «yurak qo’ridan» chiqqan so’zlari, qisman uning kapitalizmga qarshi noroziligi belgisi va «buyumlar o’ta yuqori baholanishi» to’g’risidagi hayqirig’idir.
Biroq, misol uchun, shu kurtka haqida bunday gapni aytish qiyin.
U Balenciaga’ning qoyilmaqom ixtirosidan ancha qimmat turadi — $4500. Bunday olib qarasangiz oddiy kurtkalardan farqi yo’q. Ha, Italiyada ishlab chiqarilgan, ha, sifatli charmdan tikilgan. Lekin bu kurtka: xuddi shunga o’xshash kurtkani 2010-yilda sinfdoshim Ahmadjonda ko’rgandim, ko’rinishi juda yaxshi edi.
«Nima uchun shuncha pul turishini» tushunish uchun «lyuks» o’zida nimani mujassam etishiga aniqlik kiritib olish kerak. Shu kabi kurtkalarning narxini osmonga ko’tarib yuborishga xizmat qiluvchi eng muhim qadriyatlardan biri — bu, modalar uyining ko’p yillik (ko’pincha, ko’p asrlik) obro’si.
Gucci’ni misol qilib olsak, u 1921-yilda Florensiyada avvaliga unchalik katta bo’lmagan ustaxona sifatida ochilgan, keyinchalik brend do’koni sifatida... keyin esa yanada kattalashib borgan. O’n yillar davomida brend Yevropaning «zo’rlar ichida eng zo’ri» bo’lish uchun tinmay mehnat qilgan, shu bilan birga, kontinent va butun dunyoda o’z kapitalini asta-sekin oshirib borgan. Bunday kurashdan hamma brendlar ham omon chiqmaydi, oxirigacha chidab, g’alaba qozonganlar esa — qora kurtkalarni minilgan matiz narxida sotadilar.
Nima uchun odamlar brend tovarlarni sotib olishadi? Psixolog va geshtalt-terapevt Pristavkina Anastasiya shunday yozadi:
«Taniqli brendlar haddan ortiq hashamatni ko’z-ko’z qiluvchi kiyim va aksessuarlarni ishlab chiqarishadi va, odatda, bunday kolleksiyalarning sotuvi kutilgan barcha reytinglardan oshib tushadi. Boyvachcha mijozlar nimaga e’tibor qaratishadi? Kambag’al mijozlar nimaga e’tibor qaratishsa, ular ham xuddi shunga — o’zlarining individual ekanliklarini qabul qilolmaslik faktiga qaratishadi. Shu sababli ular brendlardan tovarlar xarid qilishga harakat qiladilar. O’zlarini qanday bo’lsalar, shundayliklaricha qabul qilolmaydigan odamlar bor ekan, ular qanday statusda bo’lishmasin, dizaynerlar katta mablag’larni sarflashdan va bo’lmag’ur g’oyalarini amalga oshirishdan qo’rqishmasa ham bo’laveradi. Chunki tovarlarning noyobligini ko’rsatgan holda, o’zlarining noyobligini tushunib yetmagan odamlarga ularni sotishda davom etaverishadi».
Agar bu gaplarga ishonadigan bo’lsak, $4000 lik kurtkalarni o’ziga ishonmaydigan, lekin boy odamlar sotib olishadi. Sayyoramizning oddiy odamlaridan biri sifatida meni ham shunday gaplarga ishongim keladi, chunki shunda o’zimga o’zim: «Ha, boyvachchalar, puli bor-u, aqli yo’q» deyishim va qo’rqinchli (go’yo) adolatsizlikni yengil o’tkazib yuborishim mumkin.
Lekin hammasi siz o’ylaganchalik oson emas.
Bunday narsalarga boshqa tomondan nigoh tashlash uchun Knight Frank konsalting kompaniyasi saytiga kirishning o’zi kifoya. U yerda har yili odamlarning lyuksga: kiyimlar, aksessuarlar, alkogol va hatto raqamli buyumlarga investitsiyalari ko’rsatiladigan Wealth Report e’lon qilinadi.
Masalan, 10 yil oldin Chanel 2.55 modelli sumkasini xarid qilganlar bugungi kunda uni ikkinchi qo’l bozorda $7500 ga sotishlari mumkin. Yana shu brenddan Jumbo modeli bor — 2014-yilda olingan shunday b/u sumochka hozir, men aynan shu maqolani yozayotgan vaqtimda, $13 000 ga sotuvda turibdi.
Bu faqat brend kiyimlargagina taalluqli emas. Siz Caviar brendi haqida hech eshitganmisiz? Bu brendchilar qimmat narsalar (masalan, iPhone)ni olib, uni aql bovar qilmas darajada qimmat tovarga aylantirishadi. Mana shu oltin-quymali-smartfon kabi.
U 2021-yilda chiqqan iPhone 12 Pro Max asosida yasalgan. Umuman olganda, bu oddiy ayfon, faqat kamerasiz va 24-karat oltin quymasili qoplamasi bor. O’z vaqtida uning narxi $169 000 bo’lgan: hozir esa qancha turadi — buni o’ylashga ham qo’rqasan kishi, oltin narxining tabiiy o’sishini aytmasa ham bo’laveradi.
Lekin siz nimagadir investitsiya kiritmoqchi bo’lsangiz, hammasini shu qadar qiyinlashtirib nima qilasiz? Nimaga ichida ayfoni yo’q oddiy oltin quymasini olaqolmaysiz?
Chunki bunday tovarlar quruq hom-ashyodan ancha qimmat turadi. Agar brend sumkachalar haqida gapiradigan bo’lsak, ularning narxi qanday o’sishini oldindan bilish qiyin, lekin ular moliyaviy jihatdan ancha ustuvorroq — keyingi 10-15 yil ichida navbatdagi brenddan «allambalo» tovarning narxi qanchalik oshib ketishini hech qachon bilib bo’lmaydi.
Bu barcha investitsiyalar kabi ham xatarli, ham zo’r imkoniyat bo’lishi mumkin.
Lo’nda qilib aytsak, xulosa shunday: qimmat tovarlarni xarid qilish — axmoqlik emas. Eng kamida yillar davomida sinalgan mahsulot sizga uzoq vaqt xizmat qiladi, ko’zingizni quvnatadi va yaxshi ma’noda o’zingizga bo’lgan muhabbatni oshiradi. Yanayam yaxshisi esa, bir necha yillar o’tib sarflagan pulingizni, balki undan ham ko’pini hamyoningizga qaytaradi. Agar biror kun o’sha Gucci sumkasini yoki Balenciaga bilakuzugini sotib olishni o’ylasangiz — sizga AVO platinum premial kredit kartasi yordam beradi: u 45 kungacha imtiyozli davrga ega va hech qanday yashirin foiz va komissiyalari yo’q. Og’ir «lyuks» olamiga birinchi qadamni tashlayotgan investorlar uchun ayni muddao.
AVO bank bilan lyuksga investitsiya kiriting
45% kungacha foizsiz kredit pullari