Kredit limitingizni oshirishga va moliyaviy imkoniyatlaringizni kengaytirishga yordam beradigan foydali layfxaklarni to'pladik.
Kredit limiti — bu kredit kartangiz balansidagi ma'lum bir miqdor, siz uni istalgan xarajatlar uchun ishlatishingiz mumkin. Agar sarflangan mablag'ni o'z vaqtida qaytarsangiz — limit qayta tiklanadi.
O'z limitingizni ilovada kartani ochgandan keyin bilib olishingiz mumkin — bank har bir mijoz uchun har xil summani taklif qiladi.
- Kartangizdan faol foydalaning: qancha ko'p operatsiyalarni amalga oshirsangiz, bankning sizga ishonchi shuncha yuqori bo'ladi, limit miqdori ham oshiriladi
- Qarzni o'z vaqtida to'lang: bank ishonchli mijoz ekanligingizga amin bo'ladi.
- Katta xaridlarni kredit kartangiz bilan to'lang: bu to'lash qobiliyatingiz yuqoriligini ko'rsatadi
- Boshqa banklardagi qarzdorliklarni so'ndiring: kredit tarixingiz qanchalik yaxshi bo'lsa, skoring tizimning ishonchi shuncha yuqori bo'ladi
- Kartangizni hamma joyda ishlating: shoping, maishiy texnika, oziq-ovqat — nimaiki kerak bo'lsa. Asosiysi — kartangizdan foydalaning
- Ilovaga boshqa bank kartangizni qo'shing: bu faol mijozlar qatorida ekanligingizni anglatadi
Yuqoridagi maslahatlarni amalda qo'llab ko'ring va AVO platinum imkoniyatlaridan maksimal foydalaning