Ko‘pchilik uchun «Kontr» va «Dota» shunchaki vaqtni maroqli o‘tkazish vositasi. Ammo boshqalar uchun bu yaxshigina daromad keltiruvchi chinakam kasb. Kimdir «kiber» degan sharafli nomga erisha olmagach, strimerlikka o‘tadi yoki skinlar bilan savdo qiladi: hatto bu sohada ham mo‘maygina pul ishlashga ham o‘tib ketadi.
Suratdagi Yoxan Sundshtayn ismli yigitning yoshi 30 da. Shu bilan birga, u — millioner. Esports Earnings saytining ma’lumotlariga ko‘ra, Yoxan Dota 2 o‘yini orqali 7 million dollardan ortiq pul ishlab topgan.
Unga qarab, zamonaviy insonning orzusi shu ekan deb o‘ylaysiz: kompyuter oldida o‘tirib, o‘yin o‘ynaysiz, dunyo bo‘ylab sayohat qilasiz, qimmatbaho mashina va villalar sotib olasiz. Bular uchun esa shunchaki o‘yinda g‘alaba qozonish kifoyadek.
Ammo Yoxan bunday deb o‘ylamasligi aniq, chunki uning dunyosida o‘yin — haqiqiy mehnat. Va bu bejiz emas: Dota 2 professional o‘yinchisining odatiy kun tartibi bilan tanishamiz:
Bir qarashda haqiqiy dahshat: chunki men, qancha yaxshi ko‘rsam ham, sevimli Counter Strike 2 o‘yinini 3–4 soat o‘ynaganimdan so‘ng, o‘zimni yomon his qila boshlayman. Bu odamlar esa odamlar kuniga o‘n soatlab to‘xtovsiz o‘ynashdi va har kuni. Balki, shuning uchun Yoxan allaqachon karyerasini yakunlagan bo‘lsa kerak (2021-yilda). Kibersportchilar intizom haqida ko‘p gapirishadi:
«Kibersport - bu sprint emas, balki marafon. Tanangiz va miyangizni asrash, ehtiyot qilish uzoq yo‘lning bir qismidir».
Yuqoridagi kun jadvali professional o‘yinchilarga dunyo bo‘ylab musobaqalarda ishtirok etish uchun o‘zlarini tetik va sog‘lom saqlashga yordam beradi, va ular aynan shu musobaqalarda millionlarni ishlab topishadi. Odatda turnir sovrinlaridan tashqari, ular homiylik shartnomalari tuzishadi, ba’zan boshqa jamoalarga murabbiylik qilishadi (bu juda qimmat turadi) va turli shoularda chiqishlar qilishadi.
«Geymerlikda chinakam muvaffaqiyat nafaqat mashqlarga ko‘p vaqt ajratishga tayyor bo‘lgan, balki o‘z tamoyillariga sodiq qoladigan kishilarga nasib etadi».
Ammo «kibersportchi» yo‘li — bu milliondan bir imkoniyat. Yaxshiyamki, jahon miqyosidagi professional musobaqalarda mag‘lubiyatli o‘yinlardan daromad olish mumkin. Masalan, strimlar orqali. Ba’zida bu hatto g‘oliblikdan ko‘ra daromadliroq bo‘lishi ham mumkin.
Mana, masalan, suratdagi yigitning ismi Feliks. U 34 yoshda va strim bilan shug‘ullanadi. U odatda har xil o‘yinlarni jonli efirga uzatadi, kamera oldida hazillar qiladi, tomoshabinlar bilan suhbatlashadi. Hozirgi kunda uning boyligi 45 million dollarni tashkil etadi.
Bunday misollardan ilhomlanish mumkin, lekin Feliksning atigi 1 foiz muvaffaqiyatiga erishish uchun ham o‘zingizga va kontentingizga yillar davomida sarmoya kiritishingiz kerak. Shunda, ehtimol, muvaffaqiyatga erishish mumkin. Avvalo, strim qilish uchun ba’zi kerakli texnikalarni olish kerak bo‘ladi. Demak, strim qilish uchun ro‘yxat:
- Professional kamera, masalan, Sony Alpha a5100 (yoki barcha taniqli strimerlarning sevimli tanlovi bo‘lgan Sony A7 III);
- O‘yin kartasi (deyarli barchasi to‘g‘ri keladi, masalan, Elgato Cam Link 4K);
- Simli akkumulyator (AliExpress orqali oson topish mumkin);
- Obyektiv (kameraning standart to‘plamidagisidan foydalanish yoki ajoyib portret obyektivini sotib olish mumkin);
- Shtativ;
- Albatta, tez (kamida 100 Mb/s) internetga ega bo‘lgan kompyuter ham kerak bo‘ladi.
Sozlamalar tayyor bo‘lgach, striming platformalariga o‘tish mumkin. Masalan, boshlash uchun Twitch yoki YouTube kabi platformalardan birini tanlash mumkin.
Keyin hamma narsa sizning xarizmangiz, omad, o‘yin mahoratingiz va qat’iyatingizga bog‘liq. Agar 1000 ta obunachi va har bir videoda 4000 ta ko‘rishga erishsangiz, YouTube siz uchun hamkorlik dasturini ochadi. Ya’ni platforma sizga reklama daromadining bir qismini dividend sifatida to‘lay boshlaydi. Albatta, donatlar ham to‘liq o‘zingizga qoladi.
Agar kamera oldida vaqt sarflashni istamasangiz, o‘yin investori bo‘lishingiz mumkin! Ha, bu ham yaxshi usul. Keling, bu holatni sevimli CS 2 misolida ko‘rib chiqamiz.
Avvalo, kontekst: CS 2 o‘yini — besh kishilik ikki jamoa bir-biriga qarshi o‘ynaydigan otishma o‘yini (sodda qilib aytganda, «shooter»). Birinchi jamoa: «terrorchilar». Ularning vazifasi yo o‘yin xaritasida bombani portlatish yoki raqiblarini yo‘q qilish. Ikkinchi jamoa: «anti-terrorchilar». Ular yo bombani portlashidan oldin zararsizlantirishi yoki dushmanlar ularni yo‘q qilishga ulgurmay turib, ularni yo‘q qilishlari kerak.
Va bu o‘yinda har bir qurol uchun ko‘plab «skinlar» — tashqi ko‘rinish dizaynlari mavjud. Bunday skinlar esa o‘n minglab, yuz minglab mavjud. Ularning ba’zilari shunchaki qimmat, boshqalari esa tasavvur qilib bo‘lmas darajada qimmat.
Masalan, rasmdagi AK-47 avtomati yaqinda 1 million dollarga sotildi. Aslida, bu shunchaki ekrandagi piksellar, ammo ular uchun haqiqiy pullar bilan to‘lash kerak. Narxlar esa vaqt o‘tishi bilan ko‘tariladi. Ba’zan shu kabi piksellarni to‘plash odamning hayolini band qiladigan mashg‘ulotga aylanib qoladi. Mening o‘yindagi anjomlarim hozir mana shunday ko‘rinishda: ekrandagi barcha narsalarning qiymati taxminan 300 dollar atrofida.
Shunday qilib, o‘yinchilar qimmatbaho predmetlarni sotib olishi, ularning narxi vaqt o‘tishi bilan ko‘tarilishini kutishi va shu yo‘l bilan daromad topishga harakat qilishi mumkin. Bu yerda UzCard yoki Humo orqali to‘lov qilish imkoni yo‘q, albatta. Lekin AVO platinum kredit kartasi bilan bemalol to‘lov qilish mumkin 😊
Xulosa qiladigan bo‘lsak: o‘yinlardan u yoki bu tarzda pul ishlash mumkin. Ammo buning ham o‘z shartlari bor: odatda bu boshlang‘ich sarmoya, omad va mashaqqatli mehnatdir. Agar siz bu yo‘l sizga to‘g‘ri keladi deb hisoblasangiz, aytishim mumkin bo‘lgan yagona narsa: Omad yor bo‘lsin.